Tabiy gazdan foydalanishda ogohlik va hushyorlik ham talab etiladi

    Mamlakatimizda 14 Oktabr 2020 3740

    “Buxoroshahargaz” gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari shahar ahlining xavfsizligini taʼminlash, is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish boʻyicha muntazam ravishda targʻibot ishlarini olib boradi.

    Xodimlar targʻibot davomida gaz jihozlaridan qay tartibda foydalanish, is gazidan zaharlanmaslik uchun aholi turar joylardagi isitish tizimlari, gaz plitalari va yondirgichlaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etish borasida targʻibot ishlari olib boradi. Tadbir davomida aholiga nosoz gaz jihozlaridan umuman foydalanmaslik, ularni oʻz vaqtida texnik taftishdan oʻtkazish va profilaktika xizmatlari uchun tasdiqlangan narxnomaga asosan toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish kerakliligi uqtiriladi. Gaz plitalari va yondirgichlar, isitish qozonlari, pechlarning standart, texnika xavfsizlik talablariga javob berishga eʼtibor qaratilishi zarurligi borasida tushuntirish ishlari olib boriladi.

    Ijtimoiy obyektlarning mavsumga tayyorgarlik holati hamda gaz jihozlaridan foydalanganda ehtiyotkorlik choralari toʻgʻrisida ham maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida targʻibot ishlari davom etyapti. Bunda taʼlim tashkiloti xodimlari ogohlik va hushyorlikka daʼvat etildi.

    Shahargaz gaz taʼminoti boʻlimi mutaxassislarining bu kabi amaliy ishlari bugun xalqning farovon turmush tarzi, yashash sharoitini yana-da yaxshilashga xizmat qiladi. Muhimi, ularning xavfsizlik qoidalariga rioya etishga daʼvat etadi.

    Zarif Komilov