Tadbirkor Jizzaxdagi eski maktab binosi oʻrniga 5 qavatli zamonaviy maktab qurib berdi

    Ta'lim 22 Fevral 2021 3745

    Jizzax viloyatining 18-maktabi eski binosi va yer maydoni xususiy tadbirkorga egalik qilish huquqi bilan berilgani bois, tadbirkor eski bino oʻrniga umumiy qiymati 12 mlrd. soʻmlik, 660 oʻringa ega 5 qavatli yangi zamonaviy maktab qurib berdi.

    Ayni damda viloyat hokimligi mahalliy byudjet hisobidan obodonlashtirish va xojatxona qurish ishlarini olib bormoqda.

    Maktab 1898-yilda qurilgan boʻlib, soʻnggi marta 11 yil avval taʼmirdan chiqqan. Eski bino 480 nafar oʻquvchiga moʻljallangan boʻlib, maktab xojatxonasi koʻchada, umuman talabga javob bermagan. Maktabda taʼlim olayotgan oʻquvchilar soni 900 nafarga yetgani bois, navbatlilik koeffitsiyenti 1,9 ni tashkil etgan.

    Xalq taʼlimi vazirligi maktabni faollar zali, kutubxona, tibbiyot xona, sport zal, oshxona, fan xonalari va metodik xonalar hamda zarur jihoz va oʻquv anjomlari bilan taʼminladi.

    Xalq taʼlimi vazirligi bu kabi tashabbuskor tadbirkorlar bilan hamkorlikka doim tayyorligini maʼlum qiladi.