Tadbirkor naslli qoramol olish uchun ajratilgan kredit mablag'ini o'zlashtirgan

    52 ta naslli qoramollar yetkazib berilganligi haqida hujjatlarni rasmiylashtirib, kredit mablag'ini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo'l tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, yakka tartibdagi tadbirkor D.A. va boshqalar tanishi A.ning rahbarligidagi “A.H.” MChJga naslli qoramol sotib olish uchun bank filialidan ajratilgan 500 mln so'm kredit mablag'i evaziga ushbu MChJga 52 ta naslli qoramollar etkazib berilganligi haqida hujjatlarni rasmiylashtirib, kredit mablag'ini o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.