Hozirgi karantin sharoitida korxonada 6 nafar kishi doimiy, 15 nafar esa mavsumiy ish bilan band. Tadbirkorning niyatlari katta. Joriy yilning sentyabr` oyida jonivorlar bosh sonini 8 ming boshga, yil yakuniga kelib esa qariyb 20 mingga etkazishni mo'ljallamoqda. SHunda yana 20 nafar kishi ish bilan ta'minlanadi.
Hozir F. Hotamov jamiyatni yanada kengaytirish maqsadida “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat bankining tuman filialiga 2 milliard 300 million so'm kredit so'rab murojaat qilgan. Mablag'ga ega bo'lgach, quyonlar uchun qurilayotgan binoning ikkinchi qismi ham nihoyasiga etadi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, ayni paytda jamiyatda etishtirilgan quyon go'shtlari poytaxtimizdagi "korzinka.uz va "Makro" supermarketlariga etkazib berilmoqda.