Tadbirkor quyosh fotoelektrostansiyasini ishga tushirdi

    Voqea-hodisalar 1 Iyun 2022 1812

    Samarqand viloyati Jomboy tumanida quvvati 60 kVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilib, ishga tushirildi.

    Tadbirkor ishga tushirgan quyosh fotoelektr stansiyasi yiliga qariyb 20 million soʻmlik elektr energiyasi iqtisod qilish imkonini beradi.

    Soʻngi yillarda mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish boʻyicha bir qator loyihalar amalga oshirilyapti.

    Yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash va uzluksiz elektr taʼminotini amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik subektlari tomonidan ham qayta tiklanuvchi energiya manbalarini oʻrnatib, elektr energiyasini ishlab chiqarish ishlari amalga oshirilyapti.

    Xususan, Jomboy tumani, “Toʻqqizboy” mahallasida faoliyat olib borayotgan “Oxalik oltin bogʻi mevasi” MCHJga tegishli intensiv bogʻ va dala ekinlarini sugʻorish tizimi elektr qurilmalari uchun quvvati 60 kVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilib, ishga tushirilgan. Ushbu ishga tushirilgan loyiha natijasida yiliga 43,2 ming kVt.soat (19,44 million soʻmlik) elektr energiyasini tejash imkoniyati yaratildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati “Oʻzenergoinspeksiya” maʼlumotiga tayanib.