Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Anamed” xususiy klinikasi direktori Nosirbek Abdullaxonovni “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

Bugun viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Namangan shahridagi 1-sonli maktabda bo‘lib o‘tgan tadbirda Nosirbek Abdullaxonovga ko‘krak nishonini topshirdi.

Ushbu dargohda 4 nafar farzandi tahsil olayotgan tadbirkor ta’lim sohasidagi ko‘plab xayrli sa’y-harakatlar tashabbuskoridir, u 2 ta sinf xonani 140 million so‘m o‘z shaxsiy mablag‘i hisobidan to‘liq mukammal ta’mirlab bergan edi.

Ma’lumot uchun, joriy yilda maktabning 119 nafar bitiruvchisidan 113 nafari OTMlarga kirib 96 foizlik natijaga erishildi.