Tekshiruvda fuqaro J.T. 3 nafar tadbirkorning ishonchiga kirib, ularga goʻyoki “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ bilan mahsulotlarni yetkazib berish boʻyicha hamda Chirchiq shahrida “laminat” ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar bilan shartnomalar tuzib berish evaziga jami 44 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, J.T. fuqarolar Gʻ. va U.ga navbatsiz “Lacetti” rusumli avtotransport vositasini olib berish evaziga 7 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritganligi maʼlum boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.