Tadbirkordan 16 million soʻm soliq undirildi

    Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bankdagi hisob-raqamiga davlat ijrochisining qaroriga asosan band solingan.

    Qarzdor “Davr Sifat Stroy” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi Kattaqoʻrgʻon shahar Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 16 million 148 ming soʻm soliq qarzdorligini undirish belgilangan.

    Mazkur hujjat asosida Majburiy ijro byurosi Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilib tomonlarga yuborilgan.

    Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bankdagi hisob-raqamiga davlat ijrochisining qaroriga asosan band solingan va unga tegishli boʻlgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaddi soʻrov xatlari yuborilgan.

    Ushbu ijro hujjati boʻyicha qarzdor “Davr Sifat Stroy” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan shahar Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 16 million 148 ming soʻm soliq qarzdorligi undirildi.

    Majburiy ijro byurosi Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlimi