Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Bulungʻur tumani boʻlimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Bulungʻur” uchastka elektromontyori B.M., YATT “D.N.”ga tegishli savdo doʻkonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi holati yuzasidan tuzilgan dalolatnomaga asosan 22 mln soʻm zarar hisoblanishi va kompyuter bazasiga kiritilishini oldini olish va qayta hisob-kitob qilish orqali 3 mln zararni kompyuter bazasiga kiritib berish evaziga 5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.