Tadbirda “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ Olmaliq shahar boʻlimi bosh muhandisi U.U., “O.” nomli bogʻdorchilik- uzumchilik shirkatiga qarashli hududda teri mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish sexi uchun suv quvurini oʻtkazishga texnik shart va loyiha-smeta hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga tadbirkor X.dan 900 AQSH dollari pora talab qilib, milliy valyuta hisobida 9,8 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy Telegram-kanalida maʼlum qilindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.