Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan A.A. “B.B.” MCHJ rahbari Sh.D.ning ishonchiga kirib, unga tijorat banklaridan 1 mlrd soʻm kredit olib berish evaziga 5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.