Tadbirda fuqarolar M.M. va S.N. “D..-” MCHJ rahbari X.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi tijorat bankidan  2 mln AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit olib berish evaziga, kredit summasining 5 foizini hisoblab, yaʼni 100 ming AQSH dollari ustama puli soʻrashib, shundan 55 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.