Aniqlanishicha, Yangiyer ShETK xodimlari tomonidan tadbirkorga tegishli zavod binosi elektr tarmogʻidan asossiz ravishda uzilgan va 344 mln soʻmlik qarzdorlik hisoblangan.

Vakil devoni aralashuvidan soʻng qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinib, 340 mln soʻmlik qarzdorlik bekor qilindi.

Tadbirkorning elektr tarmogʻidan asossiz uzilishiga sababchi boʻlgan Yangiyer ShETK bosh muhandisi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 241-3-moddasi bilan javobgarlikka tortildi.