баннер
20 Apr 2025
03:06

    Tadbirkorga hisoblangan ortiqcha 283 mln soʻm soliq bekor qilindi

    Bank hisob raqamini noqonuniy yopgan mansabdor javobgarlikka tortildi.

    Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumanida meva quritish bilan shugʻullanuvchi “Sanoat N” MCHJ (nomi oʻzgartirilgan) hisoblangan ortiqcha soliq va yopib qoʻyilgan bank hisob raqami yuzasidan Biznes-ombudsman devoniga amaliy yordam soʻrab murojaat qildi.

    Aniqlanishicha, soliq organi tomonidan oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasida tadbirkorga 311 mln soʻm qoʻshimcha soliq hisoblangan. Biroq tadbirkor ushbu hisoblangan qoʻshimcha soliq summasiga eʼtiroz bildirgan.

    Murojaat asosida kameral soliq tekshiruvi natijalari qayta koʻrib chiqilishi natijasida tadbirkorga 28 mln soʻm qoʻshimcha soliq hisoblanishi hamda hisoblangan 283 mln soʻm ortiqcha soliq summasi bekor qilinishi taʼminlandi.

    Shuningdek, oʻrganish davomida xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan jamiyatning hisob raqami noqonuniy ravishda yopib qoʻyilganligi aniqlandi. Natijada bank mansabdor shaxsiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 241-3-moddasiga asosan 15 mln soʻm miqdorida jarima jazosi qoʻllanildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech