Buxoro shahrida faoliyat yurituvchi YTT A.A. (ismi o'zgartirilgan) tomonidan Biznes-ombudsmanga murojaat kelib tushdi. Unda tadbirkorning o'ziga yozilgan soliq qarzdorligidan noroziligi ko'rsatilgan.
Aniqlanishicha, tadbirkor o'z faoliyatini to'xtatish bo'yicha Buxoro shahar soliq inspektsiyasiga ariza taqdim qilgan. Ammo mazkur ariza bo'yicha munosabat bildirilmagan. Natijada, tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik to'xtatilgan sifatida belgilanmagan va soliq qarzdorligi vujudga kelgan. Shundan so'ng u Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.
Ushbu holat bo'yicha Biznes-ombudsman tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, tadbirkorga hisoblangan 2 million so'mga yaqin soliq qarzdorligi bekor etildi.