Maʼlum boʻlishicha, “Hududgaz Samarqand” GTF Paxtachi tuman boʻlimi xodimlari tomonidan Jamiyatga tegishli sexda tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan tekshirish oʻtkazilgan. Tekshiruv natijasida belgilangan qoidalarni buzish holatlari aniqlanib, Jamiyatga nisbatan 465,6 million soʻm qarzdorlik hisoblangan.

Ammo, mazkur murojaatni oʻrganish davomida ushbu hisob-kitoblar qonunchilik talablariga zid ravishda amalga oshirilganligi va qarzdorlik 152,9 million soʻm tashkil qilishi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Biznes-ombudsman tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, “Hududgaz Samarqand” GTF tomonidan qayta hisob-kitob amalga oshirilib, Jamiyatga nisbatan notoʻgʻri hisoblangan 465,6 million soʻmlik qarzdorlik 152,9 million soʻmgacha kamaytirildi.