Tadbirkorga polipropilen 1 yilgacha muddatga beriladi

    Prezidentimiz gilam ishlab chiqaruvchilarning xom ashyo muammosidan xabari borligini taʼkidladi.

    Oʻtgan yili gilam korxonalariga markazlashgan holda polipropilen olib kelish tizimi yoʻlga qoʻyilgani oʻz samarasini berdi.

    Bu yil ham shu tajriba davom ettirilib, mablagʻ ikki karra koʻpaytiriladi.

    Gilam ishlab chiqarish, sotish va valyuta tushishigacha boʻlgan vaqtni inobatga olib, tadbirkorga polipropilen 1 yilgacha muddatga beriladi.