Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.O. “X.T.” MCHJ tomonidan Xorazm viloyati Urganch shahrida qurilayotgan sport maktabi binosining yuqori qavatiga turar-joy binosini qurishga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ruxsatnoma olib berishi evaziga 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.