Tadbirkorlar bilan muloqotlar muammolarga echim bo'lmoqda

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil (Biznes-ombudsman) devoni Sirdaryo viloyatidagi xodimlari mahalliy hokimliklar va mutasaddi idoralar ishtirokida tadbirkorlik sub'ektlari bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularning muammolari hal etilishi yuzasidan choralar ko'rmoqda.

    Xususan, birgina may oyi davomida Biznes-ombudsman devoni xodimlari tashabbusi bilan viloyatning ettita hududida tashkil etilgan uchrashuv va sayyor qabullarda 200 dan ortiq tadbirkorlik sub'ekti ishtirok etib, ulardan 121 murojaat hamda takliflar kelib tushgan.

    Murojaatlarning salmoqli qismi er va bino ajratish, kreditlash, soliqqa doir munosabatlar va tekshiruvlar qonuniyligi, infratuzilmani yaxshilash hamda etkazilgan zarar bo'yicha tovon pulini undirish bilan bog'liq bo'lib, 21 masala ijobiy hal qilingan bo'lsa, qolganlarining ijrosi nazoratga olingan.

    Umuman, yil boshidan buyon Biznes-ombudsmanning viloyatdagi xodimlariga kelib tushgan 220 murojaatning 112 tasi to'liq qanoatlantirilgan bo'lsa, 90 tasi bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan hamda 28 tasi ko'rib chiqilmoqda.

    Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash yuzasidan jami 50 ta, shu jumladan, sudlarga 8 ta da'vo arizasi, davlat organlariga 2 ta taqdimnoma va 2 ta xulosa hamda 38 mansadbor shaxsga nisbatan ma'muriy javobgarlik masalalarini ko'rib chiqish ko'rinishida ta'sir choralari qo'llanilgan.

    N.Namozov,

    Biznes-ombudsman devoni Sirdaryo viloyati

    bo'yicha bosh inspektori