Bu yil ilk bor Qoraqalpogʻistonda boʻlib oʻtishi kutilayotgan ochiq muloqot oldidan turli soha masʼullari tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning taklif va muammolarini tinglamoqda, deya xabar beradi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati.
Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari S.Niyozov Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan korxonalar faoliyati, ularda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida korxonalarning ishlab chiqarish quvvati, laboratoriyalar imkoniyatlari, mahsulot sifati va uni ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, korxonalar rahbarlari standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida yangi qabul qilingan qonun, qarorlar va texnik reglamentlar talablari bilan tanishtirildi. Tashrif yakuniga koʻra, berilgan taklif va savollar yechimi yuzasidan soha masʼullariga topshiriqlar berildi.