Tadbirkorlarni chuv tushirgan firibgarlar qo'lga olindi

    Ularga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

    Oqdaryo tumanida fuqaro J. A. “I.G.” MCHJ rahbari A.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli eski “Terapiya” bo'limi binosini 49 yil muddatga ijaraga olib berishni va'da qilib, evaziga tadbirkorning 7 ming 900 dollari va 2,2 million so'mini qo'lga kiritgan. Ushbu qonunbuzarlik Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy bo'limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlandi.

    Shu kabi, Jondor tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan R. A. “R.S.” MCHJ rahbarining ishonchiga kirib, 141,6 million so'mlik avtomobil shinalari hamda yonilg'i moylash mahsulotlarini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritgan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.