“Oʻzagroinspeksiya”ning Urgut tumani boʻlimi tomonidan yuridik shaxslar oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlari bajarilishi yuzasidan nazorat tadbirlari oʻktazildi.
Unda, daʼvogar “Urgut-agroservis MTP” MCHJ hamda javobgar “Pastdargʻom tuman MTP” Davlat unitar korxonasi oʻrtasida 2019-yil 30-yanvarda tuzilgan 35-sonli texnika xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan, ijrochi tomonidan 382 million 31 ming 115 soʻmlik xizmatlar koʻrsatilgan boʻlsada, “Pastdargʻom tuman MTP” Davlat unitar korxonasi tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar qabul qilinganiga qaramasdan shartnomada koʻrsatilgan mablagʻ toʻlanmagani maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan Inspeksiyaning Urgut tuman boʻlimi tomonidan Pastdargʻom tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritildi.
Bundan tashqari, “Urgut-agroservis MTP” MCHJ foydasiga javobgarlar “Goʻzalkent agroservis MTP ISM” MCHJ dan 265 million 42 ming 753 soʻm, “MCHJ shaklidagi Narpay agroservis MTP” MCHJdan 94 million 987 ming 200 soʻm, “Oqdaryo tuman agroservis MTP” MCHJdan 86 million 320 ming 542 soʻm, “Paxtachi agroservis MTP” MCHJdan 89 million 436 ming 867 soʻm, “Katta ming agroservis mashina traktor parki” MCHJdan 106 million 85 ming 258 soʻm asosiy qarzlarni undirib berishni soʻrab iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlarga daʼvo arizalari kiritildi.
2021-yilning fevral oyi davomida “Oʻzagroinspeksiya”ning Urgut tuman boʻlimi tomonidan bu yoʻnalishda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida “Urgut-agroservis MTP” MCHJ manfaatini koʻzlab sudlarga jami 1 milliard 24 million soʻmlik daʼvo arizalari kiritildi.
Zaynobiddin Suvonov,
“Oʻzagroinspeksiya”ning Urgut tuman
boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari