2021-yilning 1-yanvar hisobotiga koʻra Yer nazoratchilar tomonidan aniqlangan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish respublika boʻylab 49 594 holatda jami 11 284 gektar maydonni tashkil etadi. Jumladan:
suvli ekin yerlar — 6 074 gektar;
lalmi ekin yerlar — 1 352 gektar;
koʻp yillik daraxtzorlar — 422 gektar;
yaylov va pichanzorlar — 1 533 gektar;
boshqa toifadagi yerlar — 1 905 gektarni tashkil etadi.
Yerlarni fuqaro va tadbirkorlar quyidagi maqsadlarda oʻzlashtirishgan:
Uy-joy qurish maqsadida — 3 148 gektar;
Noturar joy qurish maqsadida — 553 gektar;
Tomorqa sifatida foydalanish maqsadida — 3 364 gektar;
Baliq hovuzi qilish maqsadida — 580 gektar;
Boshqa maqsadlarda — 3 619 gektar yer maydonlari egallab olingan.
Yer nazoratchi inspektorlari tomonidan yer qonun buzilishini sodir etgan 35 715 ta shaxsga, 5 821 ta yerdan foydalanuvchi subyektga bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berilgan.
Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan 26 094 ta holatdagi 7 329 gektar yer maydonidagi Yer qonun buzilish holati joyida bartaraf etilgan boʻlib, bu noqonuniy egallab olingan yerlarning 53 foizini tashkil etadi
Qonunchilikda yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish uchun maʼmuriy jazo belgilangan boʻlib, qonunbuzarlik turiga koʻra minimum BHMning 10 baravaridan 50 baravarigacha miqdorida jarima yoki 15 sutkalik qamoq jazosi yoki 2-3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari qoʻllaniladi.