Tadbirkorlardan soliq maʼmurchiligi boʻyicha oʻrinli savollar tushmoqda

    Ochiq muloqotlarni oʻtkazish boshlanganida asosiy murojaatlar soliq stavkalarini tushirish bilan bogʻliq boʻlardi.

    Sohada katta oʻzgarishlar qilindi. Buni aholi va tadbirkorlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovlar natijasi ham tasdiqlayapti: ularning 79 foizi soʻnggi besh yilda biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha sharoit ancha yaxshilanganini aytgan.

    Lekin tadbirkorlardan soliq maʼmurchiligi boʻyicha oʻrinli savollar tushmoqda.

    Amaldagi tartibga koʻra, yillik aylanmasi 10 milliard soʻmdan oshgan korxonalar foyda soligʻi boʻyicha avans toʻlagani uchun aylanma mablagʻdan qiyinchilik yuzaga kelmoqda.

    Shu bois, endi ushbu tartib faqatgina yiliga 20 milliard soʻmdan yuqori aylanma qiladigan korxonalar uchun amal qilishi eʼlon qilindi.

    Natijada 14 mingga yaqin tadbirkor ixtiyorida qoʻshimcha 1 trillion soʻmlik aylanma mablagʻ qoladi.