Kelgusi yillarda bogʻchalarda qamrovni 80 foizga, oliygohlarda esa kamida 50 foizga yetkazish Hukumat uchun asosiy vazifa boʻlib qoladi.
Xalqaro moliya institutlarining 61 million dollar mablagʻlari hisobidan 2025-yilda 252 ta yangi bogʻcha barpo etiladi. Shuningdek, 174 ta bogʻcha va 379 ta maktab taʼmirlanadi va yangitdan quriladi. Bu maqsadlar uchun byudjetdan 4 trillion soʻm ajratiladi.
Tadbirkorlarga maktab qurish uchun 20 milliard soʻmgacha imtiyozli kredit beriladi.