Tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda qulaylik yaratiladi

    Raqamlashtirish 16 Oktabr 2023 1675

    Hukumat qarori (538-son, 13.10.2023y.) bilan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga qoʻshimchalar kiritildi

    Unga koʻra, tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimida hunarmandchilik faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hunarmandchilik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida ariza beruvchilar xohishiga koʻra “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlish haqidagi arizasini “Hunarmand” uyushmasiga kompozit usulda yuborish imkoniyati yaratiladi.

    Shuningdek, “Hunarmand” uyushmasiga hunarmandchilik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida ariza beruvchilarning “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlish haqida Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan arizalarini qabul qilish va natijasini mazkur tizim orqali yuborish yoʻlga koʻyiladi.