Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.” elektr tarmoqlari korxonasining boʻlim boshligʻi oʻrinbosari N.K. “M.” va “M.S.” MCHJ rahbarlarining ishonchiga kirib, ushbu korxonalarga qarashli novvoyxona, dorixona va ishlab chiqarish sexiga yangi elektr hisoblagich oʻrnatib, hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga tadbirkorlarning jami 10 mln soʻmini qoʻlga kiritib, nosoz holatdagi elektr hisoblagichlarni oʻrnatib, hujjatlarni rasmiylashtirib bermasdan aldab kelganligi aniqlangan.
Tekshiruv davomida, N.K. oʻz aybiga iqror boʻlib, tadbirkorlardan olgan pullari hisobidan 7 mln soʻmni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 25, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.