Xususiy sektorda 5 million soʻmdan koʻp maosh oladigan ishchilar 1 milliondan oshdi. Shundan 370 mingi 10 million soʻmdan ziyod oylik oladi.
Bular tadbirkorlarimiz “soyada” ishlashdan koʻra qonuniy faoliyat, sogʻlom raqobatni manfaatli deb bilayotganidan dalolat.
Tadbirkorlik reytingida “A” va “B” – yaxshi toifaga kiruvchi korxonalar 91 mingga koʻpaydi, yana 170 ming korxona “D” – eng yomon toifadan chiqarildi. Buning hisobiga soliq tekshiruvlari oʻtgan yilga nisbatan 2 karra, jumladan, kameral tekshiruvlar 3 karra qisqardi.
Shu davrda yirik soliq toʻlovchilar tushumlari 10 foizga, viloyat darajasidagi korxonalarda 25 foizga, tuman tadbirkorlari toʻlayotgan soliqlar 40 foizga oʻsdi.