Mazkur qonun bilan quyidagilar bekor qilindi:
- tadbirkorlik subyektlari tomonidan ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganida ommaviy axborot vositalarida bu haqida eʼlon berish hamda 30 kunlik muddatda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilishga oid majburiyatlar;
- tadbirkorlar soliq idoralarining sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda, soliq idoralari ustidan toʻgʻridan toʻgʻri sudga shikoyat qilishdagi cheklovlar.
Bugungi kunga qadar tadbirkorlar sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda, ularning shikoyatlari dastlab yuqori turuvchi soliq organi tomonidan koʻrib chiqilishi, shundan keyingina sudga shikoyat qilishlari belgilangan edi.
Qonun bilan oʻrnatilgan yangi tartiblarga koʻra endilikda, tadbirkorlar soliq tekshiruvlari natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda endi oʻz ixtiyoriga koʻra soliq organi ustidan bevosita sudga yoki yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilishi mumkin boʻladi.
Ushbu Qonun tadbirkorlar huquqlarini himoyasini yanada kuchaytirishga hamda ular faoliyatini amalga oshirishda ortiqcha majburiy talablarning bekor qilinishiga xizmat qiladi.