Bugun, 18-sentyabr kuni Taʼlim inspeksiyasi tomonidan mazkur universitetga taʼlim faoliyatini boshlash uchun tegishli litsenziya rasmiylashtirildi.

Ushbu litsenziyaga muvofiq TEAM universiteti Toshkent shahar, Yashnobod tumani Temur Malik koʻchasi 146-uy manzilida bakalavriatning Business Management, Business Management with Marketing, Business Management with Digital Innovation and Entrepreneurship taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha faoliyat olib boradi.

Eslatib oʻtamiz, TEAM universitetining asosiy vazifalaridan biri etib tadbirkorlik va boshqaruv, shuningdek boshqa sohalarda yuqori malakali oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash belgilangan.

Qayd etish lozim, Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi;

Universitetga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va qoidalari universitet tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishgan holda belgilanadi;

Universitetda taʼlim raqamli texnologiyalar, masofaviy taʼlim xizmatlari, vebinarlar, onlayn-oʻqitish, “blended learning” va boshqa zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalangan holda kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida amalga oshiriladi;

bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari hamda toʻlov-kontrakt miqdori ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda universitet tomonidan belgilanadi.