Asosiy islohotlar valyuta kursini liberallashtirish, import tariflarini pasaytirish, tanlangan tovar va xizmatlar narxlarini erkinlashtirish, monopoliyaga qarshi qo'mita tashkil etishdan iborat bo'ldi. Ushbu dastlabki sa'y-harakatlar xususiy sektorni rivojlantirish, ko'proq va yaxshi ish o'rinlari yaratish yo'lidagi muhim qadam bo'ldi.

Darhaqiqat, mamlakatimizda tadbirkorlikni, ayniqsa, kichik va o'rta biznesni rivojlantirish, faoliyatida kelib chiqayotgan muammo va to'siqlarni bartaraf etish bo'yicha kompleks choralar ko'rilyapti. Bunda O'zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan an'anaviy ochiq muloqoti o'ziga xos o'ringa ega.

Bo'lib o'tgan muloqot davomida qator tashabbuslar ilgari surildiki, bular tadbirkorlik rivoji va davlatimiz ravnaqida muhim ahamiyatga ega. Ilgari surilgan taklif va tashabbuslar kichik biznesga yangi imkoniyatlar eshigini ochadi, o'rta biznesni rivojlantirishga hissa qo'shadi, yangi bozorlarga sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan kirish imkoniyatini oshiradi, yuqori daromadli korxonalar ko'payishiga ko'mak beradi. Soliq ma'muriyatchiligini soddalashtirish va byurokratiyani yo'q qilishga doir tashabbuslar esa tadbirkorlarga yangi marralarni zabt etishi uchun zamin yaratadi.

An'anaviy ochiq muloqot uch yildan buyon o'tkazilib kelinyapti. Bu davrda nafaqat davlatimiz, balki dunyo hamjamiyati ham pandemiya va geosiyosiy vaziyat tufayli global muammolar, iqtisodiy noaniqliklar girdobida hayot kechirdi. Dunyo hamjamiyatining oxirgi uch yildagi hayotiga xalqaro maydonda bo'layotgan o'zgarishlar kuchli ta'sir qilib, mamlakatlar iqtisodiyotiga, jumladan, milliy iqtisodiyotimizga ham o'z ta'sirini o'tkazdi. YUzaga kelgan vaziyatda O'zbekistonda olib borilgan islohotlar va strategik maqsadlarning amaliy ijrosi milliy iqtisodiyotimizning barqaror o'sishini ta'minlab, xalqimizning munosib hayot kechirishiga zamin yaratdi.

Xalqaro hayotdagi o'zgarishlarni, birinchi navbatda, tadbirkorlar his qiladi, desak aslo mubolag'a emas. CHunki global darajada sodir bo'layotgan turli ziddiyatlar tufayli logistika va mahsulot etkazib berish zanjirining uzilishi ular faoliyatiga katta ta'sir qiladi. Bundan tashqari, hamkorlari faoliyat yuritayotgan mamlakatlar valyutasi qadrsizlanishi va global miqyosda inflyatsiya darajasi yuqori bo'lishi ham tadbirkorlar uchun muayyan qiyinchilikni keltirib chiqaradi.

Ochiq muloqotda ushbu jihatlar atroflicha muhokama qilinib, galdagi ustuvor vazifalarni hal etishning aniq takliflari o'rtaga tashlandi. Agar raqamlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, ochiq muloqot arafasida 2021 yilda 15 mingdan ortiq, 2022 yilda 12 mingdan ziyod, joriy yilda esa 6 mingta murojaat kelib tushgan. Demak, muammolar echimini topgan sari murojaatlar soni ham kamayib bormoqda.

Ko'rilgan chora-tadbirlar va muhim qarorlar qabul qilinishi natijasida  so'nggi bir yil davomida kichik tadbirkorlar soni 40 mingtaga ko'paydi va ularning umumiy soni 490 mingtani tashkil qilyapti. O'rta tadbirkorlar soni esa 2 mingtaga oshib, hozir 10 mingtaga etdi. Yirik korxonalar soni ham o'tgan qisqa davrda 400 taga ko'paydi. endi ularning umumiy soni 1500 ta bo'ldi.

Birgina o'tgan yilgi murojaatlardagi takliflar asosida biznes sub'ektlari mikro, kichik, o'rta va yirik toifalarga bo'lindi va ularning har biri bilan alohida yondashuvlar asosida ishlash tizimi yo'lga qo'yildi. Tuman va shaharlar 5 toifaga ajratilib, 60 ta tumanga alohida soliq, kredit va moliyaviy yordam rejimlari joriy qilindi. Natijada bu tumanlardagi tadbirkorlar o'tgan olti oyda qariyb 1 trillion so'mlik imtiyozlardan foydalandi. Buning hisobidan 20 ta tumandagi tadbirkorlarning daromadi o'tgan yildagiga nisbatan 1,5-2 barobar oshib, joriy yilning birinchi yarmida 7 trillion so'mdan 11,5 trillion so'mga ko'paygan.

Tadbirkorlar faoliyatiga asossiz aralashuv va tekshirishlar soni keskin qisqardi

Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida yirik korxonalar soni kamayib, kichik korxonalar soni keskin o'sadi. CHunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari bozor iqtisodiyoti talablariga tezda moslashib, innovatsiyalarni o'zlashtirishda ilg'ordir. Bozor dinamikasi va o'zgarishlariga bu taxlit moslashish tadbirkorlikning rivojlanishiga katta hissa qo'shmoqda.

So'nggi yillarda kichik biznesning o'sishi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida ham o'z aksini topyapti. SHu bois, rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilyapti. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mahalliy ehtiyojlarni to'liq qoplash va mahsulotlarni eksport qilishdagi ahamiyati hisobga olinib, mazkur sektorni rivojlantirish bo'yicha strategiya va yo'l xaritalari ishlab chiqildi va izchil amalga oshirilyapti. Bu jarayonlarning barchasi iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun mustahkam poydevor bo'ladi.

Bugungi kunda iqtisodiy-ijtimoiy sohani isloh etish, erkin tadbirkorlik faoliyatini qaror toptirish borasidagi islohotlar mantiqiy izchillikda amalga oshirilib kelinayotir. Jumladan, tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqiy himoyasini ta'minlash borasida barcha zarur tashkiliy va huquqiy mexanizmlar yaratildi. Islohotlar va chora-tadbirlar natijasida biznes muhiti yaxshilanib, tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy taraqqiyotimizni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etyapti.

So'nggi olti yilda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda huquqlarini himoya qilish sohasida jami 3 087 ta huquqiy hujjat, jumladan, 153 ta qonun qabul qilindi. Qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari, qarorlari hamda hukumat qarorlari asosida tadbirkorlik sub'ektlarini ro'yxatga olishning xabardor qilish tartibi joriy etildi. Ularning moliya-xo'jalik faoliyatini faqat soliq idoralari tekshirishi mumkinligi va tadbirkorlarga nisbatan har qanday sanktsiyalar sud qaroriga binoan qo'llanilishi, hisobot taqdim etishning barcha shakllari va turlari, tadbirkorlar faoliyatiga asossiz aralashuv va tekshirishlar soni keskin qisqartirildi.

Xususan, 2017 yilning 1 yanvaridan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirishlar, jumladan, jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilindi. Tadbirkorlar faoliyatidagi tekshiruvlar o'tkazishga moratoriy belgilash amaliyoti joriy etildi.

2018 yil 1 sentyabrdan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o'tkaziladigan rejali va nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilindi va tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida qonun buzilishi haqidagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda “xavfni tahlil etish” tizimi asosida tekshiruvlar o'tkazish tartibi belgilandi. Tekshiruvlar o'tkazishga qonunbuzilishlarga yo'l qo'yilishi oldini olish bo'yicha profilaktika tadbirlari belgilangan tartibda o'tkazilgandan so'ng ruxsat berilishi belgilanib, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining 16 ta nazorat funktsiyasi bekor qilindi.

Tadbirkorlik faoliyati rivojida huquqiy asoslar bilan birga uning moliyaviy qo'llab-quvvatlanishi ham muhim ahamiyatga ega. Muloqot davomida ma'lum qilindiki, biznes sub'ektlari loyihalarini moliyalashtirishga tadbirkor 10 foiz investitsiya kiritsa, qolgan 90 foizini yangi tashkil etilgan Biznesni rivojlantirish banki hamda davlat tomonidan moliyaviy resurs yo'naltiriladi. Bu tadbirkorlar uchun ulkan rag'bat bo'lib, tashabbuslarini amalga oshirish uchun keng maydon yaratadi.

Tadbirkorlardan 73 ta hujjat talab qilish amaliyoti bekor qilindi

Ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik to'siqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni takomillashtirish borasida izchil chora-tadbirlar ko'rilmoqda. Buning natijasida davlat xizmatlarini ko'rsatishning umumiy muddati deyarli 787 kundan 471 kungacha qisqartirildi, tadbirkorlik sohasida 132 ta litsenziya va ruxsat berish tartib-taomili bekor qilindi. Davlat xizmatlaridan eksterritoriallik tamoyili bo'yicha foydalanish tartibi joriy etildi, davlat idoralari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlardan jami 73 ta hujjat hamda ma'lumotnomani talab qilish amaliyotiga chek qo'yildi.

Aholiga davlat xizmatlari ko'rsatish milliy tizimining sifat jihatidan yangi darajaga o'tishini ta'minlash maqsadida 2017 yilda har bir tuman (shahar)da davlat xizmatlari markazlari tashkil etildi. Mazkur tizim isloh qilinishi natijasida mavjud 750 dan ortiq davlat xizmatidan 172 tasi markazlar, 308 tasi esa YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda “Litsenziya” axborot tizimi orqali interaktiv shaklda ko'rsatilishi yo'lga qo'yildi.

Bugungi kunga qadar 207 ta markaz hamda ularning 141 ta filiali orqali jismoniy va yuridik shaxslarga jami 32 milliontadan ortiq xizmat ko'rsatildi. Davlat xizmatlarini ko'rsatishning yangi shakllari joriy qilinishi natijasida 17 ta davlat xizmatini kompozit tarzda ko'rsatish yo'lga qo'yildi. Markazlar orqali davlat xizmatlarini ko'rsatishni joriy etish natijasida 200 dan ortiq tartib-taomil qayta ko'rib chiqilib, soddalashtirildi.

Mazkur yo'nalishlarda olib borilgan ishlar litsenziyalash va ruxsat berish tizimini liberallashtirish hamda institutsional isloh qilishning yangi bosqichini boshlash uchun mustahkam asos yaratdi.

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur huquqiy hujjat bilan 50 ta litsenziya, 124 ta ruxsat berish hujjati hamda 34 ta xabarnomaning yakuniy ro'yxatlari tasdiqlandi.

endilikda unda nazarda tutilmagan yangi tartib-taomillar turlarini joriy etish taqiqlanadi. YA'ni amalga oshirilishi uchun litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat va vakolatli organni xabardor qilish talab etiladigan faoliyat turlari ro'yxatlari qonun bilan tasdiqlanadi hamda tegishli qonun qabul qilingandan so'ng ushbu ro'yxatlarga kiritilmagan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslardan ma'muriy tartib-taomillardan o'tishni talab qilishga yo'l qo'yilmaydi.

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillaridan o'tish qat'iy tartibda “Litsenziya” axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi. Ilk bor vakolatli organni xabardor etish orqali faoliyatni amalga oshirish bilan bog'liq mutlaqo yangi mexanizm joriy etildi. Bunda jismoniy va yuridik shaxslar xabarnoma yuborish orqali xabardor qilish tartibi joriy etilgan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan talab va shartlarga muvofiq ekanini tasdiqlaydi.

Avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali qonun hujjatlarida belgilangan talab va shartlarga muvofiqligi hujjatlarni taqdim etish jarayonida ustuvor ravishda inson aralashuvisiz tekshiruvdan o'tkaziladi Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat jumlasiga faoliyatni boshlash yoki harakatni amalga oshirish uchun vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilinishi talab etilmaydigan, biroq davlat tomonidan tartibga solinishi hamda tegishli faoliyat bilan shug'ullanayotgan sub'ektlarning hisobini yuritishni ta'minlash uchun qonun hujjatlarida belgilangan talab va shartlarga rioya etish majburiyatini o'z zimmasiga olish orqali amalga oshiriladigan faoliyat turlari kiradi.

Tadbirkorlik sub'ektlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berilib, Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining 46 mingdan ziyod loyihasiga 15 trillion so'mdan ortiq miqdorda moliyaviy yordam ko'rsatildi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va biznesni yuritish uchun qulay muhit yaratish, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash sohasida keng ko'lamli ishlar bajarildi. Jumladan, soliq tizimi tubdan isloh qilindi, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi, tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy-xo'jalik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan rejali tekshirishlar bekor bo'ldi.

Soliq amnistiyasi amaliyoti qanday samara berdi?

Tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq qarzlar hisobdan chiqarishda soliq amnistiyasi amaliyoti qo'llanildi. Koronavirus pandemiyasi davrida turizm, transport, farmatsevtika va to'qimachilik sanoati kabi tarmoqlarni qo'llab-quvvatlash va barqarorligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratildi. Misol uchun, turistik (mehmonxona) yig'imni hisoblash va to'lash, tashqi savdo operatsiyalari bo'yicha muddati o'tgan debitor qarzdorlik uchun xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga jarimalar qo'llash to'xtatildi.

Moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlarning kreditlari bo'yicha tijorat banklari tomonidan to'lovlarga kechiktirish taqdim etildi, muddati o'tgan kreditlarga garov ta'minoti bo'yicha jarima sanktsiyalari va undiruv choralari qo'llanilmadi. Kichik tadbirkorlik sub'ektlari, umumiy ovqatlanish korxonalari, yo'lovchi tashish, maishiy xizmatlar ko'rsatish bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar mol-mulk solig'i va er solig'ini to'lashdan ozod qilindi.

Mikrofirma va kichik korxonalarga ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha, turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari uchun foyda solig'i stavkasi 50 foiz kamaytirildi.

Tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar etkazib berish bo'yicha import shartnomalari yuzasidan muddati o'tgan debitor qarzdorlik uchun, agar mazkur buyumlarni etkazib berish muddati ularning texnik xususiyatlari va o'ziga xosligidan kelib chiqqan holda 180 kundan ortiq bo'lsa, moliyaviy jazo choralari qo'llanilmasligi belgilandi.

Tadbirkorlik faoliyatining chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, uzumchilik, oziq-ovqat va dorivor o'simliklari yo'nalishlarini rivojlantirish uchun qo'shimcha imtiyoz va preferentsiyalar berildi. Jumladan, faoliyat turi parrandachilik bo'lgan tadbirkorlik sub'ektlari va dorivor o'simliklar ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig'i, mol-mulk solig'i, er solig'i uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo'llanilishi belgilandi. CHorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, uzumchilik, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va kasanachilikni rivojlantirishning subsidiyalash tartibi yo'lga qo'yildi.

Ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq jami 565 milliard so'mlik qarzlari hisobdan chiqarilib, 19 435 shaxsning tadbirkorlik faoliyati tiklandi. Pandemiya davrida tadbirkorlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash choralari kuchaytirilib, ularga 86 trillion so'm kredit, 33 trillion so'mlik imtiyozlar va boshqa turdagi ko'maklar ko'rsatildi. Mazkur choralar natijasida pandemiyadan zarar ko'rgan 100 mingdan ziyod korxona faoliyatini tiklab oldi.

Bu kabi vaziyatlarda zudlik bilan va puxta o'ylangan qarorlarning qabul qilinishi katta ahamiyat kasb etganini alohida qayd etish zarur. Aniq ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy natijalarga erishishni ta'minlash zarurati bois 3 yildan ortiq bo'lmagan muddatga vaqtinchalik imtiyozlar berilishi tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishda muhim omil bo'ldi.

SHu bilan birga, individual imtiyozlar, alohida hollarda, xususiy sektor investitsiya kiritishdan manfaatdor bo'lmagan tarmoqlarda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun aniq ijtimoiy yoki iqtisodiy asoslar mavjud bo'lganda imtiyozlar berildi. Imtiyozlar berishga, bojxona to'lovlari bo'yicha imtiyozlar qo'llagan holda O'zbekiston hududiga olib kiriladigan tovarlar ro'yxatlarini tasdiqlashga doir hukumat va idoraviy qarorlarni qabul qilish taqiqlandi.

Er uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish, erga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta'minlash, erni muhofaza qilish, er egalari mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek, erning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar ob'ekti sifatida erkin muomalaga kiritish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. YAngilangan Bosh qonunimizda ham mulk huquqini himoyalashga qaratilgan hayotiy normalar o'rin oldi.

2018 yildan boshlab tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalaridan foydalanish huquqini elektron auktsion orqali sotib olish tartibi joriy qilinib, mahalliy davlat hokimiyati organlarida faqat muayyan holatlarda to'g'ridan-to'g'ri er ajratish vakolati qoldirilgan. Bunda er uchastkalarini auktsionga chiqarishning maqsadga muvofiqligi masalasida mas'ul idoralar bilan kelishish jarayoni ham to'liq “Yerlektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshirilishi yo'lga qo'yildi.

2021 yilning ikkinchi yarmidan boshlab esa barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan sharoitni joriy etish maqsadida hokimlarning tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkasini ajratish bo'yicha vakolatlari to'liq bekor qilinib, barcha er uchastkalaridan foydalanish huquqini olish masalasi faqatgina elektron auktsion orqali amalga oshirish tartibi joriy etildi.

2022 yildan boshlab tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan o'ziga ajratilgan er uchastkalarni xususiylashtirish huquqi berildi, shuningdek, er uchastkalariga nisbatan mulk huquqini elektron auktsion orqali sotib olish imkoniyati taqdim etildi.

Tadbirkorlik sub'ektlarining iqtisodiy faolligi oshishi, soliq ma'muriyatchiligida yangi instrumentlar joriy etilishi va xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish natijasida 2021 yilda soliq turlari bo'yicha ham sezilarli ravishda o'sish kuzatilib, foyda, qo'shilgan qiymat solig'i soliq tushumlari 2020 yildagiga nisbatan 1,3 baravar, noruda qazilmalardan soliq va suv solig'i tushumi 1,4 baravar, er solig'i tushumi 1,7 baravar o'sdi.

YAshirin ish o'rinlarini legallashtirishga qaratilgan tadbirlar natijasida daromad solig'i to'lovchi jismoniy shaxslar soni 502 mingtaga oshdi hamda o'zini o'zi ish bilan band qilish tizimi orqali ro'yxatga olinganlar soni 1,2 milliontani tashkil etdi.

Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 6,5 ming xotin-qizga Davlat maqsadli jamg'armasi tomonidan 100 milliard  341 mln so'm kredit resurs mablag'lari ajratildi. SHu bilan birga, 2021 yilning o'zida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarning tadbirkorlik loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida yil davomida 96 873 xotin-qizga 1 trillion 197 milliard so'm kredit berildi. Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 6,5 ming xotin-qizga Davlat maqsadli jamg'armasi tomonidan 100 milliard 341 million so'm miqdorida kredit taqdim etildi.

2022 yil yakunlari bo'yicha esa 90 mingta yuridik va 96 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'ekti davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Tijorat banklari tomonidan hududlardagi xizmat ko'rsatish sohasidagi 54,9 mingdan ziyod tadbirkorga 41,9 trillion so'm kredit ajratildi.

Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga etkazish choralari ko'rildi.

2022 yildagi ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali bandligini ta'minlash orqali 121 ming 731 yoshga 2 trillion 894 milliard so'm kredit ajratildi.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo'lgan 103 mingdan ziyod xotin-qiz tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazilib, ular tomonidan 200 951 ta yangi ish o'rni yaratildi. SHuningdek, 233 mingdan ziyod xotin-qizga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida jami 4,7 trillion so'm imtiyozli kredit ajratildi.

Umuman olganda, tadbirkorlikni, ayniqsa, kichik va o'rta biznesni rivojlantirish, faoliyatida kelib chiqayotgan muammo va to'siqlarni bartaraf etish bo'yicha kompleks choralar ko'rilmoqda. Natijada o'tgan bir yilda biznes uchun mo'ljallangan 55 mingdan ortiq bino barpo etildi, pul aylanmasini 1 million dollardan oshirgan tadbirkorlar soni 5 mingtaga ko'payib, 26 mingtani tashkil etdi, eksport qiluvchi korxonalar soni 7,5 mingtaga etib, jami eksport hajmi 30 foiz ko'paydi.

“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi

2023 yil 12 iyun` kuni O'zbekiston Prezidentining “Kambag'allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub'ektlari bilan o'zaro manfaatli hamkorlik o'rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmoni e'lon qilindi. Mazkur huquqiy hujjatga asosan, “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi. 2023-2024 yillarda dasturni amalga oshirish uchun jami 1 milliard AQSH dollari miqdorida kredit ajratiladi. Bunda dasturga kiritilgan tadbirkorlik sub'ektlarining loyihalarini moliyalashtirish uchun 2023 yilda Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasidan tijorat banklariga 100 million AQSH dollari ekvivalentida kredit liniyasi ochiladi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun ko'zda tutilgan mablag'lar hisobidan 1 trillion so'm yo'naltiriladi. Xalqaro moliya tashkilotlaridan 200 million AQSH dollari miqdorida kredit jalb qilinadi. Kredit liniyasi mablag'lari tijorat banklariga 10 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 foiz stavkada beriladi.

Mazkur jarayonda qator imtiyoz va preferentsiyalar qo'llaniladi. Jumladan, tadbirkorlar tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda 2025 yil 1 yanvargacha, tadbirkorlar ushbu fuqarolarga kamida bir yil davomida har oy mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1 baravari darajasidan kam bo'lmagan ish haqi to'lab, bandligini ta'minlagan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda, mol-mulk va er soliqlaridan imtiyoz beriladi.

SHuningdek, fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to'lashning eng kam darajasining 1 baravaridan kam bo'lmagan miqdorda hisoblanganda, oylik ish haqi bo'yicha to'langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i respublika byudjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun BHMning 2 baravarigacha) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foiz kamaytirilgan holda qo'llaniladi. Tadbirkorlarga ayrim turdagi soliqlar hamda bojxona to'lovlarini ta'minotsiz va foizsiz bir yilgacha bo'lib-bo'lib to'lash huquqi beriladi. Bundan tashqari, tadbirkorlar davlat mulki bo'lgan ko'chmas mulk ob'ektlari va erga bo'lgan huquqlarni auktsion orqali sotib olganida, to'lovlarni 5 yilgacha bo'lib-bo'lib to'lashi mumkin bo'ladi.

SHu o'rinda soliq va bojxona ma'muriyatchiligini soddalashtirish borasida belgilangan ustuvor vazifalarga ham alohida e'tibor qaratib o'tish lozim. Belgilab qo'yildiki, qo'shilgan qiymat solig'i summasi o'rnini qoplash (qaytarish), shuningdek, barcha soliq turlari bo'yicha mavjud ortiqcha to'lov summasini qaytarish bir kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. SHu bilan birga, tovarlar importida va tovarlar yoki xizmatlar realizatsiyasida to'lanadigan qo'shilgan qiymat solig'i summalarini bojxona va soliq organlarining hisob tizimlarida o'zaro hisobga olish imkoniyati beriladi. eng e'tiborlisi, bojxona nazoratini amalga oshirishda “yashil yo'lak” qoidalari amal qiladi.

Ko'rilayotgan ushbu chora-tadbirlar hududlarning yo'l-transport, elektr, aloqa va turizm infratuzilmasini yaxshilash hamda kichik va o'rta shaharlarni rivojlantirish, mahallalarni sanoatlashtirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va rivojlantirishga xizmat qilishi bilan birga, aholining bandligi hamda doimiy daromad manbaiga ega bo'lishida ham muhim omildir. Bu zanjirning bir butun bo'lishi iqtisodiy o'sishni ta'minlaydi. Iqtisodiy o'sish, o'z navbatida, farovonlik olib keladi.

Hamjihatlikda amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud qiyinchiliklarga qaramay, o'z samarasini berib kelayapti. Kichik va o'rta biznes, xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi yangi ish o'rinlarini tashkil qilish, fuqarolarning daromadlari va farovon yashashini ta'minlashga alohida hissa qo'shmoqda. Mazkur jarayonlarning muvaffaqiyati va yuqori samarali bo'lishida islohotlar strategiyasining aniq va izchil amalga oshirilgani mustahkam asos bo'lib xizmat qilmoqda.

Nodir JUMAYEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo'mitasi raisi