“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi”ga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi

    Biznes 9 Sentabr 2024 1002

    “Kichik biznesni rivojlantirish jamgʻarmasi” MCHJning mol-mulklari baholashdan oʻtkazmagan holda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi”ga qoʻshib boriladi.

    Prezident qarori bilan dastur doirasida mikrokreditlar ajratish va resurs mablagʻlari bilan taʼminlashda, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi”ga moliyaviy mablagʻlarni Markaziy bankning asosiy stavkasidan 2 foiz band past stavkada 3-yil imtiyozli davr bilan 7-yil muddatga joylashtirish tartibi joriy etiladi.

    2024-yil 1-noyabrdan mikrokreditlarni qayta moliyalashtirishda ular boʻyicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini tumanlar (shaharlar) toifasidan kelib chiqib, Kompaniya va mikrokredit beruvchilar oʻrtasida taqsimlash tizimi joriy qilinadi. “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi”ga quyidagi vazifalar yuklatildi:

    • qayta moliyalashtiriladigan yoki kafillik taqdim etiladigan mikrokreditlarning shartlariga, mikrokredit oluvchilarga qoʻyiladigan talablarni va mikrokreditlar ajratadigan banklar va mikromoliya tashkilotlariga nisbatan muvofiqlik mezonlarini belgilash;
    • respublika byudjeti va boshqa manbalardan moliyaviy mablagʻlarni jalb qilish va ularni kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar boʻyicha tavakkalchiliklarni oʻzaro taqsimlash asosida qayta moliyalashtirishga yoʻnaltirish;
    • mikrokredit beruvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar boʻyicha portfel kafilliklar taqdim etish.

    “Kichik biznesni rivojlantirish jamgʻarmasi” MCHJning mol-mulklari baholashdan oʻtkazmagan holda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi”ga qoʻshib boriladi.