Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo'limi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.Ph.” MCHJga qarashli dorixona mudiri J.Sh. tadbirkorning o'ziga ishonib topshirilgan 122,1 million so'mlik dori vositalarini o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, prokuraturaga yuborilgan.