Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.F.” MCHJ tomonidan “E.F.” MCHJga dori vositalarini sotib olish uchun 125 mln soʻm oʻtkazib berilgan boʻlsada, “E.F.” MCHJ rahbari shu kunga qadar dori vositalarini yetkazib bermasdan yoki tadbirkorning pul mablagʻini qaytarmasdan oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.