Tekshiruvda “M-M." MCHJning ish yurituvchisi T.X. ushbu korxonaga avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish uskunalarini xarid qilish uchun ajratilgan 260 mln soʻm kredit evaziga qishloq xoʻjaligi texnikalari ehtiyot qismlarini xarid qilib, ehtiyot qismlarni boshqa fuqarolarga sotib yuborib, oʻzganing juda koʻp miqdordagi mulkini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.