Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo'limi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “U.m.” MCHJning buyurtmalarni tarqatish markazi administratori G.R. o'zining moddiy javobgarligidagi 306,4 mln so'mlik maishiy texnika va uyali aloqa vositalarini buyurtmachilarga yetkazib bermasdan, naqd pulga sotib, tadbirkorning juda ko'p miqdordagi mulkini o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.