Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marhamat tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “O.E.” MCHJ rahbari A.Yu. va boshqalar “Ch.E.” MCHJning 481,3 mln soʻmlik kabel mahsulotlarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari hamda 175,3 mln soʻm soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 184-moddasi (soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.