Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subektining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o'tkazildi. 

Ohangaron tumanidagi “G'.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari M.S. shirkat hududida joriy ta'mirlash ishlarini bajargan “P.S.” MChJ rahbari E.dan MChJ hisob raqamiga amalga oshirilgan ishlar uchun shartnomaga asosan pul o'tkazib berish evaziga 500 AQSH dollari talab qilib, shundan 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.