Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Z.A. “N.F.” MCHJ rahbari J.M.ning ishonchiga kirib, hujjatlarni qalbakilashtirish orqali oʻzini MCHJ rahbari etib tayinlab, ushbu korxonaga qarashli binoni garovga qoʻyish orqali “S.S.” MCHJga tijorat banki filialidan 180 000 AQSH dollari kredit ajratilishiga erishib, buning evaziga “S.S.” MCHJ rahbari A.K.ning 20 000 AQSH dollari va 50 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.