Tekshiruvda fuqaro Q.S. “Q.M.” fermer xoʻjaligi rahbari Oʻ.ning ishonchiga kirib, fermer xoʻjaligiga ajratilgan kredit mablagʻi evaziga xarid qilingan 34 bosh chorva mollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.