Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Romitan tuman boʻlim tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.Oʻ. “J.p.” MCHJ rahbari B.Q.ning ishonchiga kirib, 1 493 dona xar-xil turdagi qorakoʻl teri moʻynalarini sotib berish bahonasi bilan qoʻlga kiritib, olgan barcha moʻynalarning sotuvidan tushgan mablagʻlar hisobidan 14 354 AQSH dollarini bermaganligi aniqlanib, tekshiruv davomida shundan 21,5 mln soʻmni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.