“Roodell recovery” MCHJ rahbari tomonidan jamiyatning bankka qilgan murojaatiga javob berilmaganligidan norozi bo'lib yo'llagan murojaati ko'rib chiqilganida, jamiyat murojaati bank mansabdor shaxslari tomonidan Jismoniy va yuridik shasxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonunida belgilangan tartibda natijasi bo'yicha xabar qilinmaganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan bank masabdor shaxslariga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma rasmiylashtirilib, ma'muriy jarima jazo chorasi qo'llanildi.
Shuningdek, “Infiniti invest stroy” MCHJ rahbari amalga oshirilgan qurilish-ta'mirlash ishlari uchun 740 mln so'm miqdoridagi to'lovlar OTMning Nukus filiali tomonidan amalga oshirilmayotganligidan norozi bo'lib yozgan murojaati o'rganildi.
Ushbu to'lovlarni filialdan jamiyat foydasiga undirish bo'yicha iqtisodiy sudga kiritilgan ariza natijasida mazkur holatlar bo'yicha bevosita Biznes-ombudsman xodimlari sudda ishtirok etib, sudning hal qiluv qaroriga asosan filialdan jamiyat foydasiga 740 mln so'm to'lov undirilishi belgilan