O'rganish davomida, YAngier shahrida faoliyat yuritayotgan “SHahzodbek-Bobirshox” MCHJning 2020 yil 11 fevral` kuni alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish yuzasidan YAngier shahar Davlat xizmatlari markaziga qilgan murojaati shu kunning o'zida idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi (dxa.gov.uz) orqali YAngier shahar Davlat soliq inspektsiyasiga yuborilgan.

Biroq, inspektsiyasi sho''ba boshlig'i U.Xodjiev tomonidan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish bo'yicha murojaat 2020 yil 25 mart kuniga qadar ijroga qabul qilinmaganligi oqibatida qonunchilikda belgilangan muddatlar 31 ish kuniga kechiktirilgan.

Vaholanki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5409-sonli Farmonining 3-ilovasi 19 va 20-bandlarida komissiya tomonidan ariza kelib tushgandan keyin 5 ish kuni mobaynida ruxsat guvohnomasini berish yohud rad etish to'g'risida qaror qabul qilinishi belgilangan.

SHuningdek, O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi PK-4546-son “Byurokratik to'siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarorining 1-ilovasi 6 va 7-bandlariga muvofiq 2020 yil 1 yanvardan boshlab alkogol` mahsulotlari bilan chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol` mahsulotlarini sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomalarini berish tuman (shaxar) davlat soliq inspektsiyalari vakolat doirasiga kirishi belgilangan.

Mazkur qonun buzilish holatlari yuzasidan YAngier shahar Davlat soliq inspektsiyasi sho''ba boshlig'i U.Xodjiev ma'muriy javobgarlikka tortildi va eKIH ning 3 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

  M.TO'RAQULOV,

YAngier shahar adliya bo'limi bosh maslahatchisi