Лого Лого-пв-уз

    Tadbirli kishilar hayotidan...

    Voqea-hodisalar 21 Sentabr 2023 446

    «NIKA MEDICAL SERVICE» masʼuliyati cheklangan  jamiyat asoschisi va rahbari, malakali akusher-ginekolog 33 yillik mehnat faoliyatiga ega Nigora Muratova zamonamizning ana shunday tadbirli ayollaridan biri...

    Tadbirli insonlarning hammaga ibrat boʼladigan bir sifati boʼladi. Bu ularning boshlagan ishi samarasiga ishonib harakat qilishi va oʼz maqsadlarini roʼyobga chiqarish uchun tinmay harakatda boʼlishi ayniqsa bu yoʼlda yangi bilimlarni oʼzlashtirib oʼzi singari intiluvchan, sogʼlom fikrli jamoani shakllantira olishida namoyon boʼladi.

    «NIKA MEDICAL SERVICE» masʼuliyati cheklangan jamiyat asoschisi va rahbari, malakali akusher-ginekolog 33 yillik mehnat faoliyatiga ega Nigora Muratova zamonamizning ana shunday tadbirli ayollaridan biri. Ilm bilan qizgʼin mehnat faoliyatini bir maqsad sari yoʼnaltira olayotgan tadbirkor shifokor mana bir necha kundirki yoshlar davrasida boʼlib ularga oʼz tajribalari va erishgan yutuqlari,barcha sohalardagi yangilanish va yangicha qarashlarning mohiyati toʼgʼrisida soʼzlab bermoqda.

    Tadbirkorning bugungi manzili Toshkent tibbiyot akdemiyasi boʼldi.

    Mamlakatimizdagi eng nufuzli tibbiyot oliygohi talaba yoshlari bilan Nigora Muratovaning ochiq muloqoti shifokorlik masʼuliyati, ilm kishisining tadbir bilan ish koʼrib odamlarga yetadigan umummanfaati hususida boʼldi.

    Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol targʼibotchisi Nigora Murotova oʼzining sogʼliqni saqlash tizimidagi samarali mehnat faoliyati misolida kasbi koridan qatʼiy nazar har bir inson chekidagi ishning asl mohiyati va bu harakatdan jamiyatga, odamlarga yetadigan foydaning maʼnaviy ahamiyati toʼgʼrisida gapirdi.

    Tadbirkor Shifokor yillar davomida oʼrganganlarini ilm va maʼrifat bilan foydali ishga yoʼnaltira olishi evaziga mamlakatimizda 2016 yilda birinchilardan boʼlib 15 yoʼnalishda xizmat koʼrsatuvchi 140 oʼrinli“NIKAMED” hususiy tibbiy davolash maskanini ochishga erishdi.

    Uning tashabbusli harakatlari bois asosiy manzilda, ambulator sharoitida ginekologiya-diagnostika, maslaxat, konservativ davolash, ambulator va statsionar sharoitida terapiya, kordialogiya, nevrologiya-diagnostika, maslahat konservativ davolash, fizioterapiya, UTT, klinik laboratoriya diagnostika faoliyati yoʼlga qoʼyildi.

    Filial manzilda esa ambulator sharoitda pediatriya, endokrinologiya, urologiya, ginekologiya, otorinolaringologiya-diagnostika, maslaxat, konservativ davolashnipg uzluksiz tizimi yaratildi.

    Shuningdek, ambulator va statsionar sharoitida terapiya, kardiologiya, nevrologiya-diagnostika, maslaxat, konservativ davolash,umumiy xirurgiya, Fizioterapiya, UTT, oftalьmologiya – diagnostika, onkologiya, rentgenologiya, klinik labaratoriya diagnostikasi amalga oshirilib odamlarga yuqori darajada xizmat koʼrsatuvchi zamonaviy tibbiy faoliyat yoʼlga qoʼyildi.

    N.Muratova oʼzining uzoq yillik mehnat faoliyati davomida 200 dan ortik ish oʼrinlar yaratdi.

    2019 yilga kelib masʼuliyati cheklangan jamiyatning «NIKA MEDICAL SERVICE» Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Аmir Temur 180 uy manzilida ikkinchi filialida yana 90 dan ortik ish oʼrinlar yaratildi. Xodimlarning oʼrtacha ish xaqqi 2 500 000 soʼmni tashkil etdi.

    Аhamiyatli tomoni soʼnggi yillarda markaz Germaniya, АQSh, Italiya, Xitoy, Yaponiya kabi mamlakatlardan 200 000 dollarlik zamonaviy qon tahlillarini oʼtkazuvchi, erta onkologik kasalliklar, allergolik kasalliklar, ona va bola havfsizligini himoya qiladigan uskuna va diagnostika reagentlari olib olib kelish evaziga odamlarning uzogʼini yaqin, mushkulini oson qilishga erishdi.

    Tibbiyotning xalqqa yaqinlashtirishning dolzarblik kasb etib borayotgan mohiyatini oʼz faoliyati misolida isbotlab bera oldi.

    Tadbirkorning Toshkent tibbiyot akademiyasi talaba yoshlari bilan muloqoti bemorlarga koʼrsatilgan ijtimoiy yordamlardan tortib, xorijiy mamlakatlarning nufuzli klinikalari bilan oʼrnatilgan hamkorlik borasidagi suhbatlar bilan ayniqsa qiziqarli kechdi.

    Toshkent shahridagi Olmazor tumanida joylashgan “MURUVVАT” nogiron bolalar uyining homiysi, Yashnabod tumani “Katta Kuylik” mahalla ahli uchun koʼplab hayriya davolash ishlarini amalga oshirgan

    «NIKA MEDICAL SERVICE» masʼuliyati cheklangan jamiyat asoschisi va rahbarining nafaqa yoshidagi ayol va erkaklarga bepul davolash xizmatini olib borishdagi ishlari tafsiloti ayniqsa boʼlajak shifokorlarda katta taassurot uygʼotdi.

    100 dan ortiq shogirdlarining Respublika sogʼliqni saqlash tizimida munosib xizmat qilib kelayotganini faxr iftixor bilan eʼtirof etgan

    Nigora Muratova yaqin kelajakda Toshkent tibbiyot akademiyasining bugungi cheksiz imkoniyatlaridan foydalanib taxsil olayotgan yoshlarning yangi davr shifokori sifatida jamiyatga, odamlarga foydasi tegadigan yangi loyihalarni amalga oshira olishlariga katta ishonch bildirdi.

    GULChEHRА MIRZАEVА,

    Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot kotibi, jurnalist