Taekvondo WT: Vakillarimiz jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

    Ayni paytda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

    Bugun start olgan mazkur musobaqada -57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Madina Mirabzalova eronlik Tina Modanlo bilan jangda 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

    Ikkinchi davrada hamyurtimizga marokashlik Nada Laraj raqiblik qiladi.