Taekvondochilarimiz jahon chempionatida ishtirok etish uchun Bokuga joʼnab ketdi

    Musobaqada Oʼzbekiston terma jamoasi toʼliq tarkibda ishtirok etadi. Bugun tunda hamyurtlarimiz Bokuga yoʼl oldi. Bu haqda Taekvondo WT assotsiatsiyasi maʼlum qildi.

    Joriy yilning 29-may–4 iyun kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahri taekvondo WT boʼyicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Unda sportchilar jahon chempionligi qatori Parij-2024 Olimpiya oʼyinlariga qimmatli reyting ochkolari uchun ham bahs olib boradi. Musobaqada Oʼzbekiston terma jamoasi toʼliq tarkibda ishtirok etadi. Bugun tunda hamyurtlarimiz Bokuga yoʼl oldi.

    Terma jamoamiz murabbiylar shtabi dunyo birinchiligi uchun 16 nafar sportchini tanlab oldi. Tarkibda Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulugʼbek Rashitov, oʼtgan jahon chempionatining qahramonlari Svetlana Osipova, Feruza Sodiqova, Nikita Rafalovich kabi nomlar bor.

    Toʼliq tarkib bilan bu yerda tanishing.