Taekvondochilarimiz xalqaro turnirda 8 medalni qoʻlga kiritdi

    Sport 5 Oktabr 2020 1216

    Qirgʻizistonning “JOLBORS” sport klubi tomonidan taekvondo (WT) boʻyicha tashkil etilgan onlayn musobaqada Toshkent viloyati pumse terma jamoasi 8 ta medal jamgʻardi.

    Taekvondoning (WT) pumse yoʻnalishida oʻtgan mazkur musobaqada Abror Karimov boshchiligidagi Toshkent viloyati jamoasining 10 nafar sportchisi mamlakatimiz sharafini himoya qildi. Unda Hadicha Akbaraliyeva, Aida Saylovova hamda Muhammadjon Moʻydinjonov oltin medalni qoʻlga kiritdi.

    Shuningdek, musobaqada vakillarimizdan Ogʻabek Fazliddinov, Diyorbek Yoʻldoshboyev va Eʼzoza Ibrohimjonova kumush medalga sazovor boʻlgan boʻlsa, Gulyora Ergasheva hamda Sarvara Karimova jamoa hisobiga bronza medalini keltirdi.