“Mahalla - jamiyatimizning yorugʻ yuzi va vijdoni koʻzgusi” mavzusida oʻtkazilgan anjumanda Tailand ijtimoiy-gumanitar, jamoat tashkilotlari, ishbilarmon doiralari vakillari, ekspert va tadqiqotchilar, vatandoshlar ishtirok etdi.
Oʻzbekistonda Prezident Shavat Mirziyoyev rahbarligida mahalla institutini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan tashabbuslar va islohotlar, “Obod mahalla”, “Obod qishloq” davlat dasturlari, shuningdek, mahalla instituti tarixi, rivojlanish bosqichlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot taqdim etildi.
Tailand jamoatchiligi vakillari Oʻzbekiston mahalla instituning jamiyatda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni, taraqqiyotni taʼminlashdagi rolini eʼtirof etdi.
Nitti Hussan, Tailand Islom markazi fondi boʻlim boshligʻi:
- Oʻzbekistonda mahalla instituti misolida oila masalalari bilan davlat miqyosida shugʻullanadigan oʻziga xos tizim shakllangan.
Dunyo pandemiya tufayli insonlarning bir-biridan uzoqlashuvi xavfi ostida turgan bir vaqtda, Oʻzbekistondagi mahallalarda istiqomat qiluvchi insonlarda birdamlik va bir-birini oʻzaro qoʻllab-quvvatlash kabi oliy qadriyatlar saqlanib qolayotganligi tahsinga sazovor.
Bu esa bizni Oʻzbekistondagi mahallalarning ijtimoiy hayotdagi oʻrni bilan yana-da chuqurroq tanishishga undamoqda.
Supattra Kattiyari, “The Berita Muslim” jurnali muharriri:
- Oilalarni mustahkamlash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari bugungi kunda butun dunyoda dolzarb masalaga aylangan.
Bu borada Oʻzbekistonda yoshlarni hayotga tayyorlash, xotin-qizlar haq-huquqlarini mustahkamlash va ehtiyojmand oilalar bilan ishlashda mahallaning oʻrni gʻoyat katta ekanligiga guvoh boʻldik.
Davlatingiz rahbari tomonidan izchil tarzda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari Oʻzbekistonda dunyo mamlakatlari uchun andoza boʻladigan tarixiy oʻzgarishlar va yangi davrni boshlab beradi.