Tailandda “Kadziki” to'foni qurbonlari soni besh nafarga yetdi

    Tailand shimolidagi “Kadziki” to'foni qurbonlari soni besh nafarga yetdi, yetti kishi bedarak yo'qolgan, deb xabar berdi Bangkok Post.

    Mamlakat shimoli va shimoli-sharqidagi 12 viloyatda kuchli yog'ingarchilik oqibatida suv toshqinlari va ko'chkilar sodir bo'lib, 6300 dan ortiq aholi va 1800 xonadonga zarar yetkazdi.

    Tailand meteorologiya departamenti qirollikning shimoliy viloyatlarida ko'chki va toshqinlarga olib keladigan kuchli yomg'ir xavfi haqida ogohlantirdi, deb xabar berdi tass.ru.