Tailandda milliy ipak matolarimiz namoyish etildi

    Madaniyat 20 Oktabr 2020 3393

    Mamlakatimizning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasida “Asian Vocational College” dizayn kolleji murabbiy va talabalari ishtirokida Oʻzbekiston milliy liboslari va ipak matolari taqdimoti tashkil etildi.

    Tadbir doirasida “Anor Atelier” modalar uyi milliy brendini namoyish etuvchi oʻzbekistonlik dizayner Dilnoza Umrzoqova bilan videokonferensiya tarzida muloqot ham tashkil etildi. Onlayn-muloqotda yosh dizaynerlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

    Anjuman ishtirokchilari yurtimizda tayyorlangan ipak matolari sifati va bejirimligiga yuqori baho berdi hamda oʻzlari uchun ham shunday koʻrkam liboslar tiktirish istagi tugʻilganini maʼlum qildi. Mahalliy yoshlar kelgusidagi oʻz loyihalarida oʻzbek ipagidan keng foydalanish ishtiyoqi paydo boʻlganligini, shuningdek, ular moda koʻrgazmalarida, albatta, oʻzbek matolaridan libos tayyorlashni maqsad qilganligini taʼkidladilar.